NamMQI vakili «Education USA» dasturining mintaqaviy forumida ishtirok etmoqda
Toshkentda AQSh universitetlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridagi «Education USA» dasturining mintaqaviy forumi boshlandi.
Ushbu tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenk, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanda Namangan muhandislik-qurilish instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Islomjon Ergashev ham qatnashmoqda.