NamMQI va Hindistonning SRM universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Bunga bag‘ishlangan marosimda NamMQI delegasiyasi a'zolari, SRM universiteti vise-prezidenti Paramjit Jasval, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Samuel Raj, Xalqaro munosabatlar boshqarmasi direktori Monoj Madvan Katti va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rajendr Kumar Sharma ishtirok etdi.
Shartnomani institut nomidan ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev imzoladi.
Tuzilgan shartnomada professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkalar, hamkorlikdagi loyihalarda ishtirok etish, universitet SCOPUS jurnalida maqolalar chop etish, OTMlarning ilmiy laboratoriyalardan foydalanishi kabi kelishuvlar o‘z aksini topgan.