NamMQI Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi tomonidan elektrgazpayvandlash o‘quv kurslari tashkil etildi
Namangan muhandislik-qurilish institutining Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasida elektrgazpayvandlash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar malakali professor-o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta'lim ustalari tomonidan olib boriladi. O‘quv kursida dastakli, kontaktli, gaz alangasida, flyus ostida, himoya gaz muhitida, elektroliz va plazmali payvandlash uskunalari yordamida ishlash usullari o‘rgatiladi. Mashg‘ulotlar Jahon banki tomonidan institutga ajratilgan eng so‘nggi rusumdagi xorij payvandlash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Kursni yakunlaganlarga 3 razryadli elektrgazpayvandchi sertifikati beriladi.O‘quv kursining muddati ikki oy bo‘lib. to‘lovlar naqd pul, plastik kartochka va pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Manzil: Namangan shahri, Dashtbog‘ MFY, M.Murodov ko‘chasi, 101 uy.
Murojaat uchun telefonlar: +998900506996, +998999749291.