NamMQI talabasi vazirga o‘z takliflarini bildirdi
Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida «Yoshlar forumi 2023» doirasida vazirlik va idoralar rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Shunday muloqotlardan biri Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda NamMQI Transport fakulteti talabasi Oyshaxon Qodirova ham faol ishtirok etdi va qishloq xo‘jaligiga oid bir qator takliflarini aytib o‘tdi. Ushbu takliflar vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Ibrohim Abdurahmonovning «Yoshlarning agrar sohadagi innovasion va startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun vazirlik huzurida alohida fond tashkil etiladi» degan tashabbusi olqishlar bilan kutib olindi.