NamMQI talabasi «Qizlarjon» klubi respublika forumida ishtirok etdi
11 oktyabrь – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida «Qizlar – millat tayanchi» shiori ostida «Qizlarjon» klubi respublika forumi bo‘lib o‘tdi.
—Bu sana dunyo bo‘ylab qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish va tahlil etish imkoni beradi – dedi tadbirda ishtirok etgan vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov.
Shuningdek, mamlakatda qizlarga bo‘lgan e’tibor, islohotlarda ham ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ustuvorlik berilayotgani, ayniqsa, ta’lim sohasida o‘quvchi va talaba qizlarga yaratilayotgan sharoit hamda berilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalinib, barcha qizlar samimiy qutlandi.
NamMQI talabasi «Qizlarjon» klubi respublika forumida ishtirok etdi