• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabasi “Davlat xizmatlari barcha uchun” fototanlovi g‘olibi bo‘ldi

Adliya vazirligi, yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish» qo‘shma loyihasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “Davlat xizmatlari barcha uchun” fototanlovi tashkil etilgandi. 

Qurilish fakulteti uchinchi kurs talabasi Shahriyor Mamasobitov ushbu tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Davlat xizmatlari oflayn tartibda” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. 

NamMQI majlislar zalida shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov va  «O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish» qo‘shma loyihasining viloyatdagi vakili Maqsuda Muhsinboeva ishtirok etib, talabaga maxsus sertifikat va Galaxy Tab A8 planshetini taqdim etdi. 

Tabriklaymiz!

  • Share :