• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari viloyat targ‘ibot tadbirida faol ishtirok etdi

Davlatobod tumanida joylashgan «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!» shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda oliy ta'lim muassasalari talabalari, viloyatning shahar va tumanlarida yashovchi yuzlab yoshlar ishtirok etdi. Jumladan, Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari ham mazkur tadbirda faolllik ko‘rsatdi.

So‘zga chiqqanlar yangi Konstitutsiyaning mamlakat hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqning turmush tarzini yanada farovonlashishi, inson qadri ksalishiga xizmat qilishini ta'kidlab, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

NamMQI media markazi

  • Share :