• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari uchun yangi turar-joy qurilishi muhokamasi o‘tkazildi

Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov ko‘chasidagi talabalar turar-joyi hududida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln so‘m bo‘lgan yangi turar-joy binosi qad rostlash arafasida. 

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzakov NamMQI rektori va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda ushbu turar-joy binosining loyihasini ko‘rib chiqdi. 

“Nifrit Impeks” MChJ tomonidan tayyorlangan ushbu loyiha asosida 1000 o‘rinli turar-joy barpo etiladi.  Qurilish ishlari esa 2023 yilning 3-choragida yakunlanib, talabalar uchun foydalanishga topshiriladi.

  • Share :