• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari uchun 300 o‘rinli turar-joy foydalanishga topshirildi

Yangi Namangan tumanining Islom Karimov ko‘chasida joylashgan “Temiryo‘lchilar shifo maskani” oilaviy korxonasi tasarrufidagi mavjud bino davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 300 o‘rinli talabalar turar-joyiga moslashtirildi. Mazkur bino 5,3 mlrd so‘mdan ziyod investitsiya hisobiga to‘liq rekonstruksiya qilinib, qayta jihozlandi.

Yotoqxonaning ochilish marosimida Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullaev, sektor rahbarlari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Oppoqov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sattorov, Namangan shahar bosh imom-xatibi Musoxon Abbosiddinov, NamMQI rektori Sharifjon Ergashev, ustozlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirkor Muxtorjon Mo‘ydinovga o‘zbekona udumlarga muvofiq to‘n kiydirilib, ramziy lenta qirqildi.

Mehmonlar talabalar turar-joyi va bu yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :