NamMQI talabalari uchun 12 qavatli yangi turar-joy qurilishi boshlandi
Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov ko‘chasidagi talabalar turar-joyi hududida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln so‘m bo‘lgan yangi turar-joy binosi qurilishi boshlandi.
NamMQI rektori, prorektorlar va qurilish tashkiloti rahbarlari ishtirokida ushbu turar-joy binosi loyihasi yana bir bor ko‘zdan kechirildi. O‘zbekona udumlarga muvofiq jonliq so‘yilib, duo-fotiha qilindi va qudratli mashinalar kotlovan qazishga kirishdi.
Ma'lumot uchun, “Nifrit impeks” MChJ tomonidan tayyorlangan ushbu loyiha asosida talabalar 1000 o‘rinli turar-joy barpo etiladi. Qurilish ishlari 2023 yilning 3-choragida yakunlanib, foydalanishga topshiriladi.
NamMQI media markazi