NamMQI talabalari Namangan shahridagi IT-school faoliyati bilan tanishdi
NamMQI Sanoatni axborotlashtirish fakultetining 1-bosqich talabalari t'yutor Sa'dulla Xo‘jayev boshchiligida Namangan shahridagi IT-school faoliyati bilan tanishdi.
Axborot texnologiyalarini keng targ‘ib etish, o‘rgatish va dasturiy mahsulotlar yaratishga ixtisoslashgan ushbu markaz bugungi kunda sohaga qiziquvchi yoshlarning sevimli maskaniga aylangan.
IT-school mutasaddilari talabalarga mazkur ta'lim markazi va uning faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoitlar, to‘garaklar, erishilgan natijalar va qo‘l urilgan loyihalar haqida batafsil ma'lumot berdi.
NamMQTI rektori Sharifboy Ergashevga ham ushbu muloqotda ishtirok etdi va talabalarni faollikka chorladi.
“Bugungi kunda talab eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan biri axborot texnologiyalari hisoblanadi. Hozirgi kunda bu yo‘nalishsiz biron bir sohani tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunday ekan, IT sohasini chuqur egallashingiz kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz sari yetaklovchi muhim omil bo‘ladi”, — dedi rektor.
NamMQI media markazi