• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari IIB muzeyida davlat bayroqlari tarixi bilan tanishdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti media markazi tashabbusi bilan talabalarning viloyat IIB mehnat va shuhrat muzeyiga sayohati tashkillandi.

Mazkur muzeyda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq turli yillarga mansub hujjatlar, fotolar, ish anjomlari, qurol-aslaha namunalari bilan bir qatorda O‘zbekistonning davlat bayroqlariga bag‘ishlangan alohida bo‘lim mavjud.

Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shokirjon Hoshimov talabalarga temuriylar davlati, Qo‘qon muxtoriyati, sho‘ro tuzumi davridagi va mustaqil O‘zbekiston bayroqlari haqida ma'lumot berdi. Talabalarning bayroqlar bilan bog‘liq savollariga batafsil javob qaytardi.  
 
Talabalar viloyat IIB muzeyidan katta taassurotlar bilan qaytdi. Bevosita muzeyda va bino tashqarisida ustozlari bilan birgalikda esdalik uchun fotolarga tushishdi.

NamMQI media markazi

  • Share :