• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalar turar-joyida mnemonika bo‘yicha o‘quv treningi tashkil etildi

Institut psixologi Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida «Teran ta'lim» o‘quv markazi mutaxassisi Tohirjon Tursunov tomonidan mnemonika, ya'ni xotirani mustahkamlash bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi.

Trening davomida xotirani rivojlantirish, yodda saqlab qolishni osonlashtiruvchi, xotira hajmini oshiruvchi saboqlar berildi. Talabalar bilan mavzu bo‘yicha interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :