NamMQI talabalar turar-joyi qurilishi bilan tanishuv
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sattarov institut rektori Sharifjon Ergashev va mutasaddilar hamrohligida NamMQI talabalar turar-joyi qurilishida bo‘ldi.
1000 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu bino joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda bu yerda qurilish-montaj ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Mutasaddilar qurilish jarayonini bevosita ko‘zdan kechirdi va quruvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.
NamMQI media markazi