• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talaba-qizlar forumiga mezbonlik qildi

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Sening tashabbusing, sening kelajaging uchun” shiori ostida talaba-qizlar forumi tashkil etildi. Ushbu tadbirga viloyatning ko‘zga ko‘ringan yetakchi ayollari taklif etildi.

 Namangan shahar hokimining o‘rinbosari Dilorom Abdurahimova, Davlatobod tumani hokimining o‘rinbosari Dilrabo Nabieva, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova, institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzaeva muvaffaqiyatga erishish sirlari, ilm olish yo‘lidagi mashaqqatlar, yetakchilik uchun zarur xislatlar, nutq madaniyati, taym-menejment, oilaviy hayotga tayyorgarlik masalalarida chiqishlar qilishdi.

 Forum ishtirokchilarining ushbu va boshqa ko‘plab mavzulardagi savollariga batafsil javoblar berildi. Bahs-munozara va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. 

Yakunda tadbirning faol ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar va “Milliy tiklanish” partiyasining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

  • Share :