NamMQI rektori Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari vakillarini qabul qildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev Yaponiyaning Noritsuisu hamda Aces Japan kompaniyalari vakillarini qabul qildi. Uchrashuv davomida institut va mazkur kompaniyalar hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, istiqbolli kadrlarni Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalarida malaka oshirish hamda mehnat faoliyatini olib borishi uchun sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiyalik mehmonlar kunchiqar mamlakatda, xususan, axborot texnologiyalari, arxitektura, qurilish va muhandislik yo‘nalishlarida kadrlarga ehtiyoj yuqori ekanligi, institutda esa mazkur yo‘nalishlarning barchasida talabalarga tahsil berilayotgani ayni muddao ekanligini ta'kidladi.
Muloqot yakunida institut va uning talabalariga bo‘lgan qiziqish uchun minnatdorlik bildirilib, amaliyot va ish faoliyati bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, bu borada zaruriy talab bo‘lgan yapon tilini o‘qitish bo‘yicha onlayn va oflayn shakldagi saboqlarni tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
NamMQI media markazi