NamMQI rektori Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan xonadonbay tizimida uchrashdi
NamMQI rektori Sharifjon Ergashev Yangiqo‘rg‘on tumani, Rovut mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan xonadonbay tizimida uchrashdi.
Institut rektori boshchiligida ishchi guruh a'zolari tomonidan belgilangan hududlar mahalla mas'ullari bilan hamkorlikda yoshlar va ularning ota-onalari bilan alohida suhbatlashib, ularning ijtimoiy holati, muammolari va qiziqishlari o‘rganildi.
Nogironligi bor yoshlardan Shahlo G‘ulomova bilan alohida suhbatlashildi. Suhbat davomida uning 2021-2022 o‘quv yilida Namangan davlat universiteti boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga topshirganligi va kira olmaganligini ma'lum bo‘ldi. U hozirda qo‘shimcha o‘quv kurslariga ehtiyoji borligini ta'kidladi. Institut rektori tomonidan mas'ullarga ona tili va adabiyot hamda matematematika fanlaridan bepul kurslarga jalb etish vazifasi yuklatildi.
NamMQI media markazi