NamMQI rektori Nankin maxsus ta'lim universiteti vakillari bilan muzokaralar olib bordi
Pekinda bo‘lib o‘tayotgan birinchi O‘zbekiston—Xitoy ta'lim forumi doirasida Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev Nankin maxsus ta'lim universiteti vise-prezidenti va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari bilan muzokaralar olib bordi.
Universitet Xitoydagi maxsus ta'lim o‘qituvchilarini tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Bu yerda muhandislik ishi, ta'lim, tibbiyot, menejment, san'at va adabiyot kabi 38 ta yo‘nalishda tahsil beriladi. Universitet qoshida Xitoyda yagona maxsus ta'lim muzeyi barpo etilgan.
Muzokaralar davomida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.
NamMQI media markazi