NamMQI rektori Muhandislik kommunikatsiyalari fakulьteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Unda prorektorlar, fakulьtet mutasaddilari, yoshlar etakchilari va talabalar ishtirok etdi. Talabalarning savol, taklif va murojaatlari tinglandi.
Jumladan, akademik guruhlarda dars jadvallarini qayta ko‘rib chiqish, kompьyuter savodxonligi kurslari uchun institutda mavjud imkoniyatlardan foydalanish, talabalar turar joyida bepul til kurslarini tashkil qilish, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash xonalarini muvofiqlashtirish, turizm ob’ektlariga sayohatlar uyushtirish va boshqa ko‘plab masalalar tilga olindi.
Institut rektori muloqotda ko‘tarilgan mavzu, muammo va takliflar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Bunday uchrashuvlarni doimiy o‘tkazib borish yuzasidan fikrlar bildirildi.
NamMQI media markazi