NamMQI rektori ikkinchi Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya taʼlim forumida ishtirok etmoqda
Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida ikkinchi Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya taʼlim forumi boshlandi
Tadbirda Britaniya tomonidan OTMlar, jamoat uyushmalari, xalqaro kompaniyalar va elchixona vakillari qatnashmoqda.
Forumning asosiy mavzulari – Britaniya transmilliy taʼlimini Oʻzbekistonda hamkorlikda joriy etish tajribasi, oliy taʼlimda boshqaruv va taʼlim sifati, inklyuziv oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlarning jamiyat va iqtisodiyot rivojiga hissasidan iborat.
Ushbu nufuzli forumda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham ishtirok etmoqda.