NamMQI rektori Belarus professional ta'lim instituti faxriy professori bo‘ldi
Belarus professional ta'lim instituti (RIPO) ilmiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti mutasaddilari ham onlayn ishtirok etdi.
Yig‘ilishda institut rektori Valeriy Golubovskiy so‘z olib, o‘zi boshchilik qilayotgan institut va NamMQI orasida mustahkam aloqalar o‘rnatilgani, xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi namunali yo‘lga qo‘yilganini ta'kidlab, bu borada NamMQI rektori Sharifjon Ergashevning xizmatlarini alohida e'tirof etdi.
RIPO ilmiy kengashi qarori bilan Namangan muhandislik-qurilish instituti rektoriga “Belarus' professional ta'lim instituti faxriy professori” unvoni taqdim etildi. Shuningdek, institut vakillari joriy yil 12-13 oktyabr' kunlari Belarus poytaxti Minskda RIPO 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga taklif etildi.
NamMQI media markazi