NamMQI qabul komissiya o‘z faoliyatini boshladi
Namangan muhandislik-qurilish instituti qabul komissiyasi o‘z faoliyatini boshladi. Energetika va mehnat muhofazasi fakul'teti dekani Rustam Soliev boshchiligidagi komissiyaning ilk yig‘ilishida qabul jarayonlariga tayyorgarlik, komissiya a'zolari o‘rtasida ish taqsimoti va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, qabul komissiyasi tomonidan abiturientlarga maslahat markazi va call-markaz ham ishga tushirildi.
Maslahat markaziga institutga o‘qishga kirish istagida bo‘lganlar qabul yuzasidan bevosita murojaat etishi mumkin. Call-markaz esa (69) 234 37 56, 234 06 15 va 234 05 64 telefon raqamlari orqali murojaatlarni qabul qilishga tayyor holatga keltirildi.
NamMQI media markazi