NamMQI prorektorining talabalarni joylashtirish masalalari bo‘yicha hisoboti tinglandi
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hududiy boshqarmasida viloyatdagi OTMlar talabalarini turar-joy va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Namangan muhandislik-qurilish instituti birinchi prorektori Odiljon Jakbarovning hisoboti ham tinglandi.
Hisobotda qayd etilishicha, institut talabalarini turar-joy bilan ta'minlash bo‘yicha 1100 o‘rinli TTJ shay holatga keltirilgan.
Shuningdek, 1848 nafar talabani joylashtirish uchun ijara xonadonlari ro‘yxati shakllantirilib, mas'ullar belgilangan.
Ayni paytda institutning 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi qurilishi ham jadal olib borilmoqda. Ushbu bino joriy yil yakuniga qadar qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.