NamMQI prorektori maktab oʼquvchilari bilan uchrashdi
NamMQI yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori Odiljon Jakbarov Uychi tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari bilan uchrashdi. Muloqot “Kelajakdagi kasbim” mavzusiga bagʼishlandi.
Uchrashuv davomida oʼquvchilarga bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan islohotlar, hususan, taʼlim sohasida berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil soʼz bordi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida zarur tavsiyalar berildi.
Oʼquvchilarni qiziqtirayotgan kasblar, ularning istiqbollari haqida fikr yuritildi.
Tadbir yakuni munozara va savol-javoblarga ulanib ketdi. Bunday uchrashuvlarni kelgusida doimiy oʼtkazib borish boʼyicha maktab rahbariyati bilan kelishib ham olindi.