NamMQI prorektori ijara xonadonda yashovchi talabalardan xabar oldi
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Odiljon Jakbarov Yangi Namangan tumani, Mingchinor mahallasidagi ijara xonadonda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlardan xabar oldi.
Prorektorga Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekan oʻrinbosari Nozimjon Ortiqov va tyutorlar hamrohlik qildi.
Xabar olish davomida xonadonda yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi. Yoshlar darsdan boʻsh vaqtlarini qay tartibda oʻtkazayotgani bilan qiziqildi.
Suhbat jarayonida talabalar va xonadon sohiblaridan takliflar eshitilib, tegishliligi boʻyicha masʼullarga yoʻnaltirilishi belgilandi.