NamMQI professori Sharofiddin Yo‘ldoshev 70 yoshni qarshi oldi
Namangan muhandislik-qurilish institutida professor-o‘qituvchilarni yubiley sanalari bilan qutlash an'ana tusiga kirgan. Bu gal Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi professori Sharofiddin Yo‘ldoshev hamkasblari davrasida 70 yoshini qarshi oldi. Sharofiddin Yo‘ldoshev 1953 yili Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1975 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1984 yildan beri Namangan muhandislik-qurilish institutida samarali faoliyat olib bormoqda. O‘tgan yillar davomida institutda oddiy o‘qituvchilikdan kafedra mudiri, dotsent, dekan, prorektor va professorgacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tdi. NamMQI rektori Sharibboy Ergashev Sharofiddin Yo‘ldoshevni institut jamoasi nomidan tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. O‘zbekona udumlarga muvofiq yubilyarga ehtirom ramzi sifatida to‘n va do‘ppi kiygizildi, esdalik sovg‘alari topshirildi.
NamMQI media markazi