NamMQI professori «Eng dolzarb ilmiy maqola muallifi» sifatida e'tirof etildi
Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti tomonidan «Science & Innovation» xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda «Raqamli ta'limning zamonaviy tendensiyalari va ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish yo‘llari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.
Namangan muhandislik-qurilish instituti «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari» kafedrasi professori Ozoda Abdullaeva anjumanda «Sovershenstvovanie teoretiko-metodologicheskix osnov razrabotki i vnedreniya intellektualnoy informatsionnoy sistemы deyatelnosti kafedrы» nomli ilmiy maqolasi bilan yalpi majlisda ma'ruza bilan qatnashdi.
Vakilimiz ushbu ma'ruzasi uchun konferensiyada «Eng dolzarb ilmiy maqola muallifi» sifatida e'tirof etildi.