NamMQI professor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi viloyat filiali majlislar zalida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar kompleksiga kiruvchi muassasa va tashkilot vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni NamMQI media markazi rahbari Azizbek Abduvaliev olib bordi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jaev yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, ularga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirdi. Mukofotlanganlar orasida NamMQI prorektori Odiljon Jakbarov, professor-o‘qituvchilardan Zokirjon To‘raev, Adhamjon Hamidov, Rahmatali Rustamov, Ozoda Abdullaeva, Muxtorjon Mansurov va Rustamjon Soliev bor.
Taqdirlanganlar nomidan NamMQI professori Ozoda Abdullaeva so‘zga chiqib, bildirilgan ishonch va e'tirof uchun minnatdorlik bildirdi.