NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-kurs talabalari bilan uchrashdi
NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-kurs talabalari bilan uchrashdi. U yoshlarni talabalikka munosib ko‘rilganlari bilan tabriklab, ilm yo‘lidagi dastlabki qadamlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot davomida talabalarga kredit-modul tizimi, oliy ta'lim muassasasi ichki tartib-qoidalari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.