• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI o‘qituvchisining o‘zbek tili bo‘yicha qo‘llanmasi chop etildi

NamMQI o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Xurshida O‘rinboevaning “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi fanidan o‘quv qo‘llanmasi”  nomli kitobi chop etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan joriy yil sentyabr' oyida nashrga ruxsat etilgan ushbu qo‘llanmada texnologik mashina va jihozlar yo‘nalishi bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tilining leksik qatlamlari, til va terminologiya, adabiy nutq va uning uslublari, rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari, o‘zbek tilida muloqot va kommunikasiya jarayoni kabi turli mavzularni o‘z ichiga olgan.

Qo‘llanmaga filologiya fanlari doktori, professor Huriniso Usmonova va pedagogika fanlari nomzodi, dosent Saodat Qozoqboeva taqrizchilik qilgan.

NamMQI media markazi

  • Share :