NamMQI mutasaddilari To‘raqo‘rg‘on tumani umumta'lim maktablari vakillari bilani uchrashdi
To‘raqo‘rg‘ondagi musiqa va san'at maktabida o‘tkazilgan tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti dekani Fayzulla Nishonov va bir guruh iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda institutda ta'lim sifatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, xalqaro reyting va ko‘rsatkichlarda erishilgan yuqori natijalar, talabalarga ta'lim olish va iqtidorini yanada takomillashtirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida hikoya qiluvchi taqdimot namoyish etildi.
Institutda yaratilgan ushbu sharoitlardan unumli foydalanib, turli yutuqlarga erishgan iqtidorli talabalar o‘z muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilib berdi.
Muloqot yakunida umumta'lim maktablari vakillari tomonidan xuddi shunday shakldagi tadbirlarni bitiruvchi o‘quvchilar ishtirokida joylarda tashkil etish haqida takliflar bildirildi.