NamMQI majlislar zalida talabalar bilan ogohlik mavzusiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi
Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti ikkinchi kurs talabalari ishtirok etgan muloqotni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochdi va olib bordi.
U o‘z chiqishida bugungi kun yoshlar oldiga qo‘yayotgan talablar, turli noxush vaziyatlarga duch kelmaslik uchun ogohlik va hushyorlik zarurligi, mukammal bilim va bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish kelgusidagi muvaffaqiyatlar poydevori ekanligini ta'kidladi.
Tadbirda, shuningdek, fakultet dekan o‘rinbosari Azizbek Normatov, institut profilaktika inspektori Sirojiddin Sherg‘oziev va t'yutorlar ishtirok etdi.