NamMQI magistranti «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan san'at maktabida «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» tanlovining Namangan viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov ishtirokchilari 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Hakamlar hay'ati tomonidan tuman bosqichi g‘oliblarining ijodiy ishlari adolatli baholanib, saralandi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Oppoqov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Ziyovuddin Mansur, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Nosirjon Dehqonov boshchiligida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, ushbu tanlovda Bino va inshootlar zilzilabardoshligi yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Ahmadjon Muxtorjonov faol ishtirok etib, institut sha'nini munosib himoya qilgan holda faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Iqtidorli talabamizga omad va zafarlar tilaymiz!