• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish boshlandi

Yig‘ilishni institut rektori Sharifjon Ergashev olib bormoqda.

Bugungi majlis kun tartibiga 2023/2024 o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash, professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini o‘quv va ilmiy faoliyatga, o‘quv jarayonlarini esa talabalarning mustaqil ta'lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish choralari, prorektorlar, fakul'tet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, akademik lisey va texnikum direktorlarining yangi o‘quv yili uchun ish rejalarini tasdiqlash, kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga tanlovlar va ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarga tavsiya etish haqidagi masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Ilmiy kengash ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilmoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :