NamMQI ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev doktorantlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Institutda bugungi kunda 62 nafar doktorant va mustaqil izlanuvchi hamda 12 nafar stajyor-tadqiqotchi faoliyat olib bormoqda. Ular orasida muddatidan oldin himoya qilayotgan va PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritayotganlar borligi quvonarli holat. Shu bilan birga, 2021 yilda himoya qilishi kerak bo‘lgan 3 nafar doktorant bunga o‘z vaqtida ulgurmagan. 2022 yilda himoya qilishi rejalashtirilgan 2 nafar mustaqil izlanuvchi esa o‘z rejalaridan ortda qolmoqda.
Ochiq muloqot davomida bu kabi muammolar batafsil tahlil qilindi. Doktorant, mustaqil izlanuvchi hamda stajyor-tadqiqotchilarning bu boradagi fikr-mulohazalari, holatni o‘nglash yuzasidan rejalari tinglandi.
Ma'lumot uchun, institutga 2023 yil uchun doktoranturaga 1 nafar, tayanch doktorantura 51 nafar hamda stajyor-tadqiqotchikka 10 nafar talabgor qabul qilingan.
NamMQI media markazi