NamMQI dosenti boshchiligidagi terma jamoa MDH sport o‘yinlarida ishtirok etadi
O‘zbekiston U-20 o‘smirlar voleybol jamoasi MDH sport o‘yinlarida ishtirok etish uchun Belarus poytaxti Minsk shaxriga jo‘nab ketdi.
Jamoaga NamMQI dosenti Shuhrat Ma'qulov bosh murabbiylik qilmoqda.
Mazkur jamoa joriy yil 20 iyuldan 6 avgustgacha NamMQI sport majmuasida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Ular safida institutimizning ikki nafar talabasi ham bor.
Yigitlarga bo‘lajak bellashuvlarda omad tilaymiz!