NamMQI bitiruvchilari eng ko‘p davlat xizmatiga qabul qilingan oliy o‘quv yurtlar top-20 taligiga kirdi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi eng ko‘p bitiruvchisi ochiq tanlov orqali davlat xizmatiga qabul qilingan OTMlar reytingini ma'lum qildi.
Tanlovlarda 1,2 mln. nomzod ishtirok etgan bo‘lsa (bir o‘ringa o‘rtacha 12-13 nafar nomzod), ulardan 45 mingga yaqini davlat xizmatiga qabul qilindi.
Tanlovlar g‘oliblari tarkibi tahlil qilinganda, ishga qabul qilinganlarning 18 272 nafari (43%) 150 ta OTMning oxirgi 5 yillik bitiruvchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Quvonchli tomoni, Namangan muhandislik-qurilish instituti bitiruvchilari ochiq tanlov orqali davlat xizmatiga qabul qilingan oliy o‘quv yurtlar top-20 taligiga kirdi. 2018—2022 yillar davomida institutning 543 nafar bitiruvchisi davlat xizmatiga qabul qilingan bo‘lib, NamMQI mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada 11, Farg‘ona vodiysida 2, viloyat OTMlar o‘rtasida esa birinchi o‘rinda qayd etilgan.
NamMQI media markazi