NamMQI axborot-resurs markazi xodimi Nazira Oxunova 60 yoshni qarshiladi
Namangan muhandislik-qurilish institutida professor-oʻqituvchilar va xodimlarni yubiley sanalari bilan qutlash xayrli anʼanaga aylangan.
Bu gal institut jamoasi Axborot-resurs markazi birinchi toifali kutubxonachisi Nazira Oxunova 60 yoshga toʻlganini nishonladi. U kishi qariyb 20-yildan beri shu dargohda ishlab kelmoqda.
Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, kadrlar boʻlimi boshligʻi Ahmadjon Soliyev, ARM rahbari Ozoda Mamadaliyeva yubilyarni tavallud ayyomi bilan jamoa nomidan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Yubilyarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻasi topshirildi.