Namanganda ma'naviyat marafoniga start berildi. Unda NamMQI professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etmoqda
Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida ma'naviyat marafoniga start berildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jaev, Nuroniylar kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a'zosi Ikromxon Najmiddinov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansurov co‘zga chiqib, marafon mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Mazkur marafon doirasida “Baxtli bolalik”, “Kitob – bilim bulog‘i”, “Mahorat darsi”, “Kasb-hunar olimpiadasi”, “Kasbim – faxrim”, “Yashil kelajak”, futbol bo‘yicha “Ma'naviyat va ma'rifat markazi kubogi”, “Inson qadri”, “yetakchi ekspress”, “Sport – tinchlik elchisi” kabi mavzularda aksiyalar, tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiy-adabiy kechalar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Ushbu tadbirlarda NamMQI professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etmoqda.