• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan temiryo‘l vokzalidan Toshkentga muntazam qatnov yo‘lga qo‘yildi

Qish kunlarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlariga poezd qatnovini Namangan shahridagi temiryo‘l vokzalidan yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan yangi qatnov marshruti qishning sovuq kunlarida, turli ob-havo sharoitlarida safarga chiquvchi yurtdoshlarimizga juda qo‘l keladi.

Haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Namangan vokzalidan Toshkentga jo‘nash mumkin.

Toshkentdan Namangan shahriga keluvchilar uchun dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari qatnov mavjud.

Bu yo‘nalishni yo‘lga qo‘yilgani noqulay ob-havo sharoitida yo‘lovchilarning Pop tumaniga borish va kelish, Qamchiq dovonidagi mashaqqatlardan qutqaradi.

  • Share :