Namangan shahri va tumanlar markazlarida Yangi yil savdo yarmarkalari ish boshladi
Jumladan, Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi oldida hamda Davlatobod tumani “Yashil dehqon bozori”da arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Yangi yil savdo yarmarkalarida 20 turdan ortiq kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, bayram sovg‘alari aholiga maqbul narxlarda yetkazib berilmoqda.
Savdo rastalari kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, salqin ichimliklar, go‘sht, gurunch, umuman olganda, bayram dasturxoni uchun eng kerakli noz-ne'matlar bilan to‘ldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yarmarkalar 2024 yilning 5 yanvariga qadar davom etadi. Institutimiz professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlarini ham ushbu yarmarkalarga taklif etamiz!