Namangan muhandislik-qurilishi instituti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Uchrashuvda dastlab migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida joriy etilgan yangi tartib-qoidalar to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalar ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi kurash, ID karta, xorijga chiqish pasporti yoki viza olish tartiblari bo'yicha ham kerakli tushunchalarga ega bo'lishdi.
Xodimlar pasport yoki shunga tenglashtirilgan hujjatlarni yangilash va tiklash, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy fuqarolarning yashash tartiblari haqida batafsil to'xtalib, yakunda, talabalarning mavzuga doir savollariga to'liq javob berishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati