Namangan muhandislik-qurilish institutining joriy yil hisobidagi yakuniy ilmiy kengashi bo‘lib o‘tmoqda
Ilmiy kengashni institut rektori Sharibboy Ergashev ochib, jamoani kirib kelayotgan bayram bilan tabrikladi. O‘tayotgan yilda erishilgan natijalar qisqacha sarhisob qilindi.
An'anaga muvofiq, professor, dosent va PhD ilmiy unvonlariga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga bu haqda guvohlik beruvchi diplomlari topshirildi.
Shundan so‘ng ilmiy kengash kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish boshlandi.
Kun tartibidan kelgusida yilda professor-o‘qituvchilarni moddiy rahbatlantirish, ilmiy ishlar va innovasiyalar kompleksida erishilgan natijalar hisoboti va boshqa masalalar o‘rin olgan.
NamMQI media markazi