Namangan muhandislik-qurilish institutining 6 nafar talabasi Prezident va davlat stipendiyalari sohibi bo‘ldi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohiblari e'lon qilindi. Quvonchli tomoni, stipendiatlar safida Namangan muhandislik-qurilish institutining 6 nafar iqtidorli talabasi bor. Ular bilan tanishing:
Soataliev Diyorbek Bahodir o‘g‘li — Transport fakulteti 4-bosqich talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi;
G‘ulomjonova Shahzodahon G‘ofurjon qizi — Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 3-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi;
Valijonova Husnobod Mirzaxalil qizi — Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti 4-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi;
Sayfiddinov Osimxon Obiddin o‘g‘li — Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
Majidov Anvarxon Mahmudxon o‘g‘li — Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
Dehqanov Abror Erkinboy o‘g‘li — Qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!