Namangan muhandislik-qurilish institutida yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Davlatobod tumanidagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuriddinov so‘zga chiqib, institut jamoasini bayram bilan tabrikladi. NamMQI oliy ta'lim muassasalari orasida mavqeyini tobora mustahkamlab borayotganini e'tirof etib, bir guruh professor-o‘qituvchilarga esdalik nishonlarini topshirdi.
Institut rektori Sharibboy Ergashev jamoaga boshchilik qilayotganidan baxtiyor ekanligini ta'kidlab, yil mobaynida erishilgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi. Kelgusi yil institut uchun yanada muvaffaqiyatli kelishiga ishonch bildirdi.
Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Nosirjon Dehqonov ustozlarga ehtiromini bayon etib, ularga bag‘ishlangan she'rini o‘qib berdi.
Yil davomida barchaga o‘rnak bo‘lgan kafedralarga televizorlar, Prezident va davlat stipendiyalari sohiblari, sport tanlovlari g‘oliblari, darslik va qo‘llanmalar mualliflari, ilg‘or ishchi-xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.