• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Uning avvalida kengaytirilgan yig‘ilish tafsilotlari aks etgan videolavha namoyish etildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuriddinov, viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Musoxon Oppoqov, institut rektori Sharifjon Ergashev, “Murabbiy” gazetasi muharriri, shoira Dilbar Haydarova va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizovaning Prezident ma'ruzasida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy yo‘nalishlar, ma'naviy-ma'rifiy  jarayonlar tahlili va kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan chiqishlari tinglandi.

Qayd etilganidek, kengaytirilgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ziyolilar, xususan, professor-o‘qituvchilarga katta mas'uliyat yuklaydi. Ularni izchil bajarishga bugundan kirishish talab etilishi, bunda talaba-yoshlarning ham faol ishtiroki zarurligi ta'kidlandi.  

NamMQI media markazi

  • Share :