• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

NamMQI va "Milliy tiklanish" partiyasi viloyat kengashi hamkorligida tashkillangan hamda professor-o‘qituvchilar, partiya faollari va deputatlar ishtirok etgan tadbirni institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev olib bordi.

NamMQI rektori Sharibboy Ergashev o‘z chiqishida murojaatnomada eng ko‘p “ta'lim” so‘ziga urg‘u berilgani, bu jihat kelgusi yilning nomlanishida ham o‘z aksini topgani, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, ularning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalardan biri sifatida keltirilgani qayd etib o‘tdi.

“Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova murojaatnomada partiyaning dasturiy maqsadlari ham o‘z aksini topganligi, xususan, davlat tili, uning maqomi va mavqesiga alohida e'tibor qaratilgani, jadidlarning millat tarixi va bugungi kuni uchun ahamiyatiga qayta-qayta to‘xtalib o‘tilganini ta'kidladi.

NamMQI media markazi

  • Share :