Namangan muhandislik-qurilish institutida Namangan shahridagi maktablar direktor o‘rinbosarlari va psixologlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NamMQI media markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir ishtirokchilariga institut haqida hikoya qiluvchi roliklar namoyish etildi, oliy o‘quv yurti ramzi tushirilgan to‘plam va bukletlar taqdim etildi.
Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov ishtirokchilar uchun taqdimot o‘tkazdi. Taqdimot davomida institut salohiyati, xalqaro va milliy reytinglardagi o‘rni, mavjud fakultet va yo‘nalishlar, qabul jarayonida kutilayotgan yangiliklar haqida batafsil tushunchalar berdi.
Prezident va davlat nomli stipendiyalari sohiblari Diyorbek Soataliev, Shahzoda G‘ulomjonova va Ahmadjon Muxtorjonov institutda talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida hikoya qildi.
Tadbir yakunida shahar maktablari vakillari institut Bionika laboratoriyasi bilan tanishdi. Ular o‘zlari faoliyat olib borayotgan maktablarda o‘quvchilarga ushbu uchrashuvdan olgan taassurotlarini so‘zlab berishlarini bildirdi.