“Fan va innovatsiya 2022: Rivojlanish va ustuvor vazifalar” respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi boshlandi.
Namangan muhandislik-qurilish institutida “Fan va innovatsiya 2022: Rivojlanish va ustuvor vazifalar” deb nomlangan respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi boshlandi.Tadbirni ochib berib, anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladik.
Ilmiy-amaliy konferentsiyada NamMQI professori Nabijon Boyboboev, Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktor oʼrinbosari Muhammadjon Toshboltaev, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra mudiri Komiljon Ostonaqulov, NamMQI dotsenti Gulshan Valieva, NamMQI doktoranti Muhsinjon Yoʼldoshev va Namangan viloyat transport boshqarmasi boʼlim boshligʼi Ulugʼbek Mamirovning maʼruzalari tinglanishi koʼzda tutilgan.
Shundan soʼng anjuman oʼz ishini shoʼʼbalarga boʼlingan holda davom ettiradi.