Namangan muhandislik-qurilish institutida davlat bayrogʻi qabul qilingan kunga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov professor-oʻqituvchilar va talabalarni 18-noyabr — davlat bayrogʻi qabul qilingan sana bilan tabrikladi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Nigora Abdullajonova bayroqlar tarixi, ularning davlat ramzlari orasida tutgan oʻrni, milliy bayroqning qabul qilinishi oid faktlar haqida maʼruza qildi.
Institut talabalari Shahzoda Gʻulomjonova va Sarvinoz Nuriddinova bayroqqa bagʻishlangan sheʼrlarini ijro etdi.
Institutda davlat bayrogʻi qabul qilingan sanaga bagʻishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.